26 октябр, 2023

Perfectumdan yangi "O`quvchi" tarifi va "Telefon uchun 100% Cashback"!



Maktab maktab o'quv muassasalari, kollejlar va litseylarga qatnaydigan bolalar uchun, daqiqalar va SMSlarni o’z ichiga olgan maxsus «O`quvchi» tarifi ishlab chiqilgan bo'lib, unda, mahalliy ovozli aloqa uchun -600 daqiqa va O'zbekiston bo'yicha 600 SMS oyiga 23 000 so'm evaziga mavjud.

Perfectumning yangi "O'quvchi" tarifi yosh uyali aloqa foydalanuvchisiga nafaqat ota-onasi bilan doimo aloqada bo'lish, balki tengdoshlari bilan ham muloqot qilish imkonini beradi. Va ota-onalar, o'z navbatida, ovozli aloqa orqali bolani nazoratini ta'minlash uchun qimmat tarif yoki smartfon sotib olishlari shart emas.

Faqatgina ushbu tarif uchun eksklyuziv taklif - "Telefon uchun 100% Cashback " amal qiladi, ya'ni Operator ofislari va dilerlik punktlarida "O'quvchi" tarif rejasiga yangi ulanishda "Novey C10" modelli telefonni sotib olinganda, Perfectum har oyda 10 000 so'mdan telefonning to'liq narxini (300 000 so'm) abonent hisobiga qaytaradi. 

"Novey C10" modelli telefonining o'ziga xos xususiyati "SuperARA" funktsiyasi (abonent telefon raqamini aniqlash) o'rnatilgan. Ushbu modelning texnik xususiyatlari bilan bu erda tanishishingiz mumkin: www.perfectum.uz/device/model-inside/novey-c10.

"O'quvchi" tarifiga ulanish, bolaning ota-onasiga voyaga yetmagan bolaning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasiga asosan rasmiylashtiriladi.

Tarif haqida batafsil bu erda.

Marketing tadbirining shartlari bu erda.