Kompaniya haqida

«Rubicon Wireless Communication» MCHJ tarixi (Perfectum savdo belgisi):

Perfectum™ — tez rivojlanayotgan, boy tarixga ega va jasorat bilan kelajakka qarayotgan kompaniya.
1995-yilda asos solingan biz bugun mobil va fiks aloqa sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorining yangi bosqichini shakllantirmoqdamiz.

2023-yilda Perfectum™ mamlakat miqyosidagi 5G Standalone tarmog‘ini nol'dan yaratish bo‘yicha yirik loyihani ishga tushirdi. Ushbu loyiha eng so'nggi avlod aloqa xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.

Bizning missiyamiz — O‘zbekiston aholisi va biznesini eng yangi 5G Standalone texnologiyalariga asoslangan yuqori tezlikdagi, ishonchli va xavfsiz internet bilan ta’minlashdir.
Biz mijozlar va hamkorlar uchun o'sish, innovatsiya va muvaffaqiyat sari yangi imkoniyatlar eshigini ochgan holda, mintaqadagi yetakchi telekom-provayderga aylanishga intilamiz.