25 октябр, 2023

Raqamli kelajak sari!

  

Ko‘p yillardan buyon CDMA standarti asosida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan Perfectum brendi ostida faoliyat yurituvchi “RWC” MChJ QK O‘zbekistondagi biznesining keng ko‘lamli transformatsiyasini boshlamoqda. Perfectum kompaniyasi mamlakat telekommunikatsiya bozorini, shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi zamonaviy mobil aloqa infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama tahlil qilgan holda, Biznes tranformatsiya strategiyasini qabul qildi. Yangi strategiya eng zamonaviy 5G NR (New Radio) texnologiyasiga asoslangan.
Ma’lumot uchun, 5G beshinchi avlod mobil aloqa standarti bo‘lib, u signal uzatishda minimal kechikishlarni (atigi 1–2 ms) va yuqori Internet tezligini (25 Gbit/s gacha) ta’minlaydi.
Birinchi bosqichda, kompaniya Respublika radiochastotalar kengashiga murojaat qilib, o‘z strategiyasi to‘liq tushuntirib berdi va butun mamlakat bo‘ylab beshinchi avlod mobil aloqa tarmog‘ini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan chastota resursi ajratishni so‘radi. Kompaniyaning murojaati vazirlik tomonidan qanoatlantirildi va endilikda Perfectum n77 diapazonida joylashgan 100 MGts TDD chastota resursiga ega, bundan tashqari, n5 diapazonida 15 MGts FDD chastotasi ham kompaniya ixtiyorida. Mavjud spektrni va eng talabchan mijozlarga 5G NR standartining barcha afzalliklaridan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini taqdim etish maqsadida, tarmoqni ishga tushirish uchun eng mos model – 5G SA (stand alone) modeli tanlandi. Ushbu model yakka tartibdagi abonentlar uchun ham, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalar uchun ham birdek mos keladi. Gadjet foydalanuvchilari, sanoat korxonalari va shahar infratuzilmasi kabi turli toifadagi iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘liq qondira oladi.
 



Ishonchimiz komilki, 5G texnologiyalari Internet buyumlari (IoT), haydovchisiz harakatlanuvchi avtotransport vositalari, telemeditsina, virtual va to‘ldirilgan reallik (VR/AR) kabi texnologik yechimlarni ishlab chiqish jarayonining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 5G tarmog‘i texnologiyalar haqidagi yangi tushunchalarni taklif qiladi: innovatsion, ilg‘or platforma bo‘lganligi sababli, uning asosida iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari rivojlanish uchun qo‘shimcha turtki oladi. Mutlaqo yangi xizmatlar, biznes modellari, qurilmalar, ishlab chiqarish zanjirlari va infratuzilma o‘rtasidagi o‘zaro aloqa turlari paydo bo‘ladi. Qayd etilishicha, 5G tarmoqlarining ishga tushirilishi mamlakat yalpi ichki mahsulotining bir necha foizgacha o‘sishini ta’minlaydi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, taqdim etilayotgan imkoniyatlarning barchasi mamlakat rahbari milliy iqtisodiyotni raqamlashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali modernizatsiya qilish yo‘nalishini belgilab berganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2023-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida quyidagicha ta’kidlagan edi: “Biz mana shunday noyob salohiyatimizni yanada rivojlantirish, yurtimizni qudratli industriya makoniga, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan zamonaviy mamlakatga aylantirish bo‘yicha katta-katta dasturlar qabul qilganmiz va ularni albatta amalga oshiramiz. Biz nafaqat mohir paxtakor va bog‘bonlar o‘lkasi, balki IT bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, injener va energetiklar, konchi va metallurglar, fizik va kimyogarlar mamlakati bo‘lishimiz kerak”.
Mobil aloqa tizimlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallagan  NOKIA kompaniyasining loyihaga jalb etilishi 5G SA tarmog‘ini qisqa vaqt ichida butun mamlakat bo‘ylab tarqatish imkonini beradi. NOKIA rahbariyati bilan tegishli muzokaralar hamkorlik memorandumining imzolanishi bilan yakunlandi.
 



Shu bilan birga, joriy yilning oktyabr oyida BAAda boʻlib oʻtgan GITEX koʻrgazmasi davomida Perfectum global mobil aloqa operatori e& (Etisalat) bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Hamkorimizning tajribasi va imkoniyatlari tufayli biz texnologik platforma sohasida ham, tijoriy rivojlanish nuqtai nazaridan ham barcha biznes jarayonlarni eng yuqori darajada tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz. Umid qilamizki, e& (Etisalat) brendi O‘zbekiston Respublikasida munosib tarzda taqdim etiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, Perfectum Markaziy Osiyoda birinchilardan SA (stand alone) variantida 5G NR tarmog'ini ishga tushiradi.

Bizni oldinda katta o‘zgarishlar kutmoqda, ishonchimiz komilki, o‘zgarishlar faqatgina yaxshi natijalarga sababchi bo‘ladi!

Perfectum bosh direktori
Dmitriy Shukov