1 Dekabr, 2024

SMS-xabarnoma (№8500, «Play mobile» MChJ)

2024 yil 1 dekabrdan - yangi Humo SMS-axborot xizmati (xizmat raqami 8500).

Xizmatning qisqacha tavsifi:
Ushbu loyiha axborot texnologiyalari yechimlari to‘plamini o‘z ichiga oladi, ular yordamida bank kartasi egasi mobil telefonidagi SMS-xabarlar orqali o‘z karta hisobvarag‘idagi operatsiyalar to‘g‘risida ogohlantirish va bildirishnoma olish imkoniyatiga ega. HUMO tizimidagi SMS-xabarnomalar sizga quyidagilarga imkon beradi: 
- karta hisobining holatini real vaqt rejimida kuzatish;
- ruxsat berilmagan hisob bo'yicha operatsiya amalga oshirilgan bo'lsa, zudlik bilan munosabat bildirish; 
- kartaning amal qilish muddati tugashi haqida xabarlar olish; 
- kartani bloklash/blokdan chiqarish haqida bildirishnoma olish. 
Xizmatni ulash/o'chirish tartibi: 
HUMO dan SMS-xabarni avtomatik jo‘natish tizimiga obuna bo‘lish yoki obunani bekor qilish uchun Abonent o‘z Bankiga murojaat qilishi va tegishli shaklni to‘ldirishi kerak, yoki abonent o‘rnatilgan bankomatlarda xizmatni mustaqil ravishda yoqish/o‘chirishi mumkin. 

Abonent narxi: har bir chiquvchi SMS uchun 84,20 so‘m.
Xizmatlarning to'liq ro'yxati bu erda.