17 Mart, 2025

Perfectum: Startapdan 5G SA gacha rekord muddatda

Bir yil oldin, 2024-yil mart oyida, Barselonadagi Xalqaro mobil kongressi (MWC) doirasida Perfectum va Nokia Oʻzbekistonda 5G Standalone (SA) tarmogʻini ishga tushirish boʻyicha yirik loyihani eʼlon qilgan edi. Bugun esa ushbu ulkan gʻoya haqiqatga aylanib, mamlakat mobil aloqa tarixida yangi sahifa ochmoqda.

Perfectum misli koʻrilmagan rivojlanish sur’atlarini namoyish etib, yangi Oʻzbekistonda eng ilgʻor mobil aloqa texnologiyalarini rekord darajada qisqa fursatlarda joriy etish mumkinligini isbotladi.
Bir yil ichida Perfectum 5G SA tarmog'ini joylashtirish bo'yicha ulug'vor g'oyadan uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga o'tib, ilg'or mobil aloqa texnologiyalarini loyihalash va joriy etish tezligida yangi mezonni belgilab oldi. 
Muvaffaqiyatning asosiy omillari strategik hamkorlik hamda Nokia va Qvantel kompaniyalari bilan olib borilgan hamkorlik ishlari boʻldi. Shuningdek, tarmoq infratuzilmasini samarali integratsiya qilishga qaratilgan jamoaviy harakatlar ham muhim rol oʻynadi. Soʻnggi yillarda soha regulyatorining faoliyati oʻzgarishi telekommunikatsiya va IT sohasidagi investorlar uchun qulay muhit yaratdi.

Loyiha doirasida Nokia tomonidan ishlab chiqilgan Core 5G SA yadrosi va RAN radio tizimiga asoslangan zamonaviy 5G SA tarmogʻi qurildi. Shuningdek, Finlyandiyaning Qvantel kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan innovatsion BSS (Business Support System) platformasining tezkor joriy etilishi muhim texnologik yutuq boʻldi. Bu Perfectum mijozlariga yuqori sifatli xizmat koʻrsatish imkonini beruvchi mahsulotlarni boshqarish, tariflash va billing tizimining moslashuvchanligini ta’minladi.


 logo4

Dmitriy Shukov, Qvantel va Nokia vakillari bilan MWC 2025dagi intervyusini.

Oradan bir yil o'tib, yana MWC 2025 da Barselonada, Perfectum bosh direktori Dmitriy Shukov Nokia prezidenti Tommi Uitto bilan hamkorlik natijalarini taqdim etdi. Tez orada tizim ishga tushiriladi. Bu muhim lahza nafaqat Perfectum kompaniyasining innovatsion yondashuvi samaradorligini tasdiqladi, balki mamlakatning raqamli kelajagiga tomon yana bir qadam boʻldi.

 1 2
Suratda (chapdan oʻngga): Tommi Uitto, Nokia prezidenti; Dmitriy Shukov, RUBICON WIRELESS COMMUNICATION MCHJ bosh direktori (Perfectum savdo belgisi).

5G SA tarmogʻining ishga tushirilishi – bu MWC 2024da boshlangan strategik loyiha natijasidir. Oʻshanda Perfectum va Nokia oʻrtasida Oʻzbekiston hududida 5G SA infratuzilmasini joriy etish boʻyicha shartnoma imzolangan edi. Yaqin kunlarda kompaniya 5G SA standartidagi Fixed Wireless Access (FWA) xizmatining tijoratga chiqarilishini e’lon qiladi, shuningdek, tez orada mobil xizmatlar ham taqdim etiladi.

Perfectum’ning jadal rivojlanishi Oʻzbekiston telekommunikatsiya sohasining yangi yoʻnalishlarini belgilab bermoqda. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan va mamlakat iqtisodiyotini tezkor raqamlashtirishga yoʻnaltirilgan “Raqamli Oʻzbekiston 2030” strategiyasiga toʻliq mos keladi.
Kelgusi yilda qanday yangi imkoniyatlar ochiladi? Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyotining rivojlanishi yoʻlida yangi imkoniyatlar kutmoqda. Perfectum 5G SA tarmogʻining qamrovini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va biznes hamda xususiy foydalanuvchilar uchun innovatsion xizmatlarni joriy etishni davom ettiradi.

3
Suratda: Dmitriy Shukov, Perfectum bosh direktori UzReport News uchun intervyu berayotgani.