4 март, 2024

Perfectum va Nokia O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha shartnoma imzoladi

2024 yil fevral oyida Barselonada (Ispaniya) har yili o'tkaziladigan Xalqaro mobil kongress (Mobile World Congress 2024) bo'lib o'tdi, unda "RUBICON WIRELESS COMMUNICATION" MChJ (Perfectum savdo belgisi) kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Shukov va Dr. Rolf Verner – HEAD of EUROPE NOKIA va Erez Sverdlov – NOKIA kompaniyasining Vice President, Cloud and Network Services Market Leader, Europe at NOKIA yetakchisi (Finlyandiya) NOKIA, Perfectum va O‘zbekiston raqamli rivojlanish vazirligi top-menejerlari ishtirokida Bitim imzoladilar, 2 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab 100 million yevrolik 5G Standalone (SA) tarmoq uskunalarini yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish uchun. 



Shu bilan birga, Core 5G SA uskunalari va RAN radio quyi tizimlari yetkazib beriladi va o‘rnatiladi.

NOKIA uskunalarini yetkazib berish bilan bir vaqtda 5G SA tarmog‘i uchun mahsulotlarni boshqarish va hisob-kitob funksiyalarini ta’minlash uchun Qvantel (Finlyandiya) kompaniyasidan BSS (Biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimi) platforma uskunasi yetkazib beriladi, o‘rnatiladi va ishga tushiriladi.
 

Dr. Rolf Werner HEAD of EUROPE NOKIA va Dmitriy Shukov UzReport telekompaniyasiga intervyu berishdi:



Perfectum bosh direktori Dmitriy Shukov ta'kidlaganidek: «Kompaniya O‘zbekiston Respublikasida yangi 5G SA tarmog‘ini imkon qadar tezroq ishga tushirishni rejalashtirmoqda va tarmoqni 2024-yil oktabr oyida Toshkent va Toshkent viloyatida tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirishni kutmoqda. Kompaniya aktsiyadorlari va rahbariyatining qarori 5G SA tarmog'i mamlakat fuqarolari va korporativ mijozlar uchun imkon qadar to'liq imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat. Bu Prezidentimiz va mamlakatimiz rahbariyatining sarmoyadorlar va biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish borasidagi izchil qarorlari hayotga tatbiq etilganidan so‘ng imkon bo‘ldi».

Axamiyatli jihati shundaki, Perfectum va Nokia o'rtasidagi mazkur loyiha G'arbiy moilaviy tashkilotlar mablag'lari hisobidan, O'zbekistondagi "Sanoatqurilishbank" va boshqa banklar ishtirokida moliyalashtiriladi