10 Oktabr, 2022

Yangi «KUNDALIK» SMS xizmati (№9300, «Play Mobile» MChJ)

9300 raqami bo‘yicha “Davxizmat.uz” xizmatini ko`rsatish to`xtatildi

9300 raqamida quyidagi shartlarda yangi “KUNDALIK” SMS-xizmati ishga tushirildi:

“KUNDALIK” xizmatining tavsifi.
Xizmat “KUNDALIK” xizmatining mavjud (oldin ro`yxatdan o`tgan) foydalanuvchilariga SMS orqali “Kundalik” kirish kalitlarini tiklash imkonini beradi:
• “Kundalik” tizimiga kirish uchun yo`qolgan loginni tiklash
• tizimga kirish uchun yo`qolgan parolni o`zgartirganda identifikatsiyani tekshirish.
SMS-xabarni yuborish faqat web-platformada foydalanuvchining iltimosiga binoan amalga oshiriladi, SMS-xabarlar avtomatik ravishda foydalanuvchiga yuborilmaydi. 
Web-platformada SMS qabul qilishni taklif qiluvchi har bir ekranda xizmat narxi – 84,2 so`m/kiruvchi SMS haqida eslatma mavjud.

Xizmatdan foydalanish holati – “Kundalik” da kirish kalitlarini tiklash:
• foydalanuvchi “Kundalik”-ga kirishni tiklash bo`limiga kiradi va qaysi ma`lumotlar yo`qolganligini, shuningdek “Kundalikdagi” profilining parametrlarini ko`rsatadi;
• “Kundalik” foydalanuvchini qidiradi;
• yo`qolgan ma`lumotlarga qarab, “Kundalik” foydalanuvchi logini bilan xabar yaratadi va uni abonentga yuboradi, yoki parolni o`zgartirish uchun tasdiqlash kodi bilan xabar yaratadi va uni abonentga yuboradi; shu bilan birga, tizim SMS-xabarni qabul qilish foydalanuvchi tomonidan to`lanishi va har bir kiruvchi xabar uchun to`lov 84,2 so`m ekanligi haqida ogohlantiradi.
• bitta xabarda 1 (bir) SMS mavjud, SMS 9300 qisqa raqamidan keladi.

“Kundalikdan” kiruvchi SMS xabarlar uchun quyidagi variantlar mavjud:
• Kundalikdan abonentga parolni o`zgartirish uchun tasdiqlash kodi bilan kiruvchi SMS:
«Parolni o`zgartirish uchun tasdiqlash kodi: ХХХХХХ. Uni saytga kiriting», bu erda ХХХХХХ – raqamlardan iborat koddir
• Abonentga foydalanuvchining logini bilan kiruvchi SMS:
«Sizning loginiz: ХХХХХХ», bu erda ХХХХХХ – raqamlar va harflardan iborat foydalanuvchi logini.
Xizmatni o`chirish: 
“Kundalik” xizmatini o‘chirish uchun mijoz/abonent “STOP” kalit so‘zini 9300 qisqa raqamiga yuborishi kerak.

9300 xizmat raqami bo`yicha abonentlar uchun to`lov
• Kiruvchi SMS - 84.2 so`m; 
• Chiquvchi SMS - 0 so`m.