12 Aprel, 2023
«Novey» Aksiyasi!
"NOVEY Z1+" telefon modelini sotib olayotganda - «NOVEY» TARIFI butun 3 oy BEPUL
Kompaniya ofislarida faqat abonent raqami yangi ulanganda Novey Z1+ rusumidagi telefonni sotib olganda, ushbu telefon apparati Kompaniyada sotib olingan kundan boshlab 1 (bir) kalendar oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda Kompaniyaning ma’lumotlar bazasida seriya raqamlari ro‘yxatga olingan holda, "Novey" tarif rejasiga ulanish huquqi beriladi:
Abonent to`lovi - 0 so`m (“Novey” tarif rejasi amal qilish muddati davomida to‘lanmaydi).
Oʻzbekiston boʻylab chiquvchi qoʻngʻiroqlar uchun limit- 2000 daqiqa oyiga.
Oʻzbekiston boʻylab chiquvchi SMS uchun limit - 2 000 SMS oyiga.
Limitdan tashqari tarifikasiya:
Oʻzbekiston boʻylab chiquvchi qoʻngʻiroqlar – 200 so`m/daq.
Oʻzbekiston boʻylab chiquvchi SMS - 100 so`m/SMS.
Kiruvchi qo'ng'iroqlar, kiruvchi SMS - 0 so'm va imtiyozli limitdan sarflanmaydi (tarifikasiyasi pullik SMS-xizmatlardan tashqari).
“Novey” tarifining amal qilish muddati - ulangan kundan boshlab va ulangan oydan keyingi 2 (ikki) oy davomida. “Novey” tarif rejasining amal qilish muddati tugagach, “Novey” tarif rejasi avtomatik ravishda “PRO-100” tarif rejasiga o‘tkaziladi, “Korporativ” abonentlar uchun – “O‘zimizning kompaniyamiz” tarif rejasiga, agar Abonent yangi tarifdan foydalanish rejalashtirilgan oy boshiga qadar boshqa tarif rejasini o‘zgartirish uchun ariza qoldirmagan bo‘lsa.
Qolgan xizmatlar tarifikasiyasi Kompaniyaning belgilangan tariflariga muvofiq amalga oshiriladi.
«Novey Z1+» rusumdagi telefonining narxi - 564 000 so`m. Texnik xususiyatlari bu erda
RUXSAT BERILMAYDI:
Ulanish davrida:
- kompaniyaning ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tgan telefon raqamlarini ulanish kunidan 2 (ikki) kalendar oy oldin ulash;
- “Novey” tarif rejasini ulash vaqtida Abonentga berilgan abonent raqamlaridan kamida bittasi uchun uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish Shartnomasini ulangan sanadan oldin 2 (ikki) kalendar oy ichida o‘z tashabbusi bilan bekor qilish;
- "Novey Z1+" rusumidagi telefonlarni ulash, ushbu telefon sotib olingan kundan boshlab 1 (bir) kalendar oydan ortiq vaqt mobaynida Kompaniya ma'lumotlar bazasida seriya raqamlari ro'yxatga olingan.
Ulanish oyi davomida va ulanish oyidan keyingi 2 oy:
- ushbu marketing tadbiri bo`yicha ulangan raqamni kompaniyaning ma'lumotlar bazasida oldinroq ro'yxatga olingan raqamga almashtirish, shu jumladan raqamlarni o'zaro almashtirish;
- ushbu marketing tadbiri bo`yicha ulangan abonent raqamini shartnomasini qayta ko'rib tuzish;
- abonent nomiga rasmiylashtirilgan hech bir abonent raqami bo`yicha shartnomani bekor qilish.
Ushbu Buyruqda ko‘rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda, “Novey” tarif rejasi avtomatik ravishda “PRO-100” tarif rejasiga o‘zgartiriladi, “Korporativ” maqomiga ega bo‘lgan abonentlar uchun – qoidabuzarlik sodir etilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab “O‘zimizning kompaniyamiz” tarif rejasiga.
Agar Kompaniyadan sotib olingan Novey Z1+ rusumli telefon xarid qilingan kundan boshlab 1 (bir) kalendar oy ichida ulanmagan bo‘lsa, abonent “Novey” tarif rejasiga ulanish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Marketing tadbiri barcha abonentlar uchun amalda – jismoniy shaxslar, 18 yoshga to‘lganlar: O‘zbekiston Respublika fuqarolari har doim O‘zbekistonda yashab kelayotganlar, chet el fuqarolari va yashash guvoxnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmamgan shaxslar, hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar, hamda Korporativ abonentlari.
